O‘zLiDeP deputatlari “Baqanshaqli” hududida bolalar bog‘chasi qurishga ko‘maklashadi
23.01.2018, 15:17
O‘zLiDeP Nukus tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini joylarda targ‘ib qilish va unda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida va joriy yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zLiDeP Nukus tuman Kengashi xodimlari, tumandagi “Baqanshaqli” OFY, “Paraxatshiliq”, “Aqmang‘it” PFY aholisi, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolariga o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Tadbir davomida “Baqanshaqli” OFY hududida bolalar bog‘chasi yo‘qligi ta’kidlandi. Mazkur masala yuzasidan partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan maktabgacha ta’lim vazirligining tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi jo‘natilishi va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi.
– Prezidentimiz barcha sohalarda vaziyatni har tomonlama o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidlagan edi, – dedi Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Urinbay Nazarbayev. – Eng muhimi, hayotdagi o‘zgarishlarni xalqimiz bilishi va davlat hokimiyati tizimida o‘z vakili borligini his etishi kerak. Maxsus tuzilgan reja asosida fraksiyamiz a’zolari bilan joylarda uchrashuv, seminar-treninglar va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Nasiba TUREMURATOVA,
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi
huzuridagi siyosiy ta’lim markazi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring