Deputat aralashgach, avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

09.11.2017, 17:57

Deputat aralashgach, avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP deputatlik guruhlari erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashidagi partiya deputatlik guruhi ham Navoiy erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganib chiqdi. O‘rganish jarayonida yutuqlar bilan bir qatorda ayrim muammolar ham borligi ko‘zga tashlandi. Jumladan, Navoiy shahri, “Hazora” MFYni Navoiy erkin iqtisodiy zonasi bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan. Vaholanki, bu yerda mehnat qilayotgan xodimlarning 30 foizi Hazora MFYda, 70 foizi esa Navoiy shahri va Karmana tumanida istiqomat qilishadi. Doimiy avtobus qatnovining yo‘lga qo‘yilmagani ishchilarga bir qator noqulaylikni tug'dirayotgan edi.    

Aholining mazkur muammosini ijobiy hal etish maqsadida xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Mahmud Bopilov joriy yilning sentyabr oyida “O‘zdaryotrans” viloyat filiali rahbari V. Adizovga  deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilgan edi. Muammo deputat aralashuvidan keyin tez orada o‘z yechimini topdi. 20 sentyabrdan boshlab “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bilan “Hazora” MFYni bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “Navoiyavtotransxizmat”ga qarashli ISUZU avtobusi va “Karmanaavtoxizmat”ga qarashli DAMAS avtoulovlari Navoiy shahri Karmana tumanidan qatnab ishlayotgan ishchi-xodimlarni grafik asosida tashimoqda.

Shahobiddin XOLBOYEV,

O‘zLiDeP  Navoiy viloyati Kengashi

raisining birinchi

o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1648
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+