Birinchi Prezidentimizni xotirlab

25.01.2018, 15:07

Birinchi Prezidentimizni xotirlab

O‘zLiDeP  Qorao‘zak  tuman Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Mustaqilliq me’mori” mavzusida yoshlar bilan ushrachuv tashkil etildi.

Tadbirda Qorao‘zak agrosanoat kasb-hunar kolleji manaviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Babanazarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hayoti va faoliyati davomida suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etib, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratib, halq tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yoshlarga keng ma’lumot berdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzumi qaramligidan ozod qilib, uni mustaqil davlat qilgan, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olinishi taminlab, jahon miqiyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Xalqimiz, qisqa muddat ichida ya’ni, 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda Birinchi Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi va shu ulug‘ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi. 

 I.OMIRBAYEV,

O‘zLiDeP Qorao‘zak tuman Kengashi

                                                                                                                   apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1755
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+