Partiyalararo Forumda gender masalalari muhokama qilindi
25.02.2021, 09:35

O’zLiDeP partiyalararo, parlament va xalq diplomatiyasidan foydalangan holda, eng avvalo O’zbekiston xalqining manfaatlarini himoya qilish, barcha yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar, butun jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga qaratilgan tashqi siyosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.
O’zLiDePning bu boradagi ishlarining yo‘nalishlaridan biri bu – Osiyo va Okeaniya siyosiy partiyalari forumi bo‘lgan Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) doirasida partiyalararo hamkorlik qilishdir.
Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasining maqsadi Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va ishonchni yanada mustahkamlash maqsadida turli mamlakatlar siyosiy partiyalari o‘rtasida almashinuv va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu tuzilma doirasida siyosiy partiyalarning o‘ziga xos roli va kanali orqali Osiyo mintaqaviy hamkorligi targ‘ib qilinmoqda va shu bilan Osiyo va Okeaniyada barqaror tinchlik, umumiy farovonlik uchun muhit shakllantirilmoqda.
2021 yilning 24 fevralida “Covid-19 va undan keyingi davrda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzuida bo‘lib o‘tgan videokonferensiya ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib, unda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Ayollar Qanoti vakili ham ishtirok etdi. Ayollar qanoti, ICAPP Kotibiyati xodimlari, xalqaro tashkilotlar sohasi ekspertlari, Osiyo mintaqasidagi siyosiy partiyalar vakillari, jurnalistlar va taklif etilgan mehmonlar mavzuni on-layn rejimida atroflicha muhokama qilishdi.
Muzokaralarda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Ayollar Qanoti” bo‘limi mudiri Sevara Muslimova O’zLiDeP ning g‘oyaviy platformasi, “Ayollar qanoti” faoliyati, O’zbekistonda gender tengligini ta’minlashda siyosiy partiyalarning roli va o‘rni hamda mamlakatimizning COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi kabi masalalarga to‘xtaldi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan nutqidan kelib chiqadigan konseptual tezislarni xorijiy ekspertlar hamjamiyatiga yetkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Umuman olganda, ICAPP tadbiri tashkiliy jihatdan yuksak darajada bo‘lib o‘tdi, bu uning Osiyo mintaqasidagi partiyalar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi maqomini yanada oshirdi.
O'xshash yangiliklar
-
Tomorqadan baraka topayotgan chiroqchilik ayollar
15.04.2021, 09:42
-
Deputat mahallada: jizzaxlik 26 nafar ayollarga kredit ajratiladigan bo‘ldi
15.04.2021, 09:39
-
Deputat tashabbusi: “Ayollar daftari”dagi 13 nafar xotin-qizga tadbirkorlik boshlashlari uchun mablag‘ ajratildi
18.03.2021, 14:36
-
Partiya vakillari mahallada: Zominlik 18 nafar xotin-qizlar va 34 nafar yoshlar ishli bo‘ldi
16.03.2021, 17:27
-
O’zLiDeP faoli bo‘kalik 40 nafar xotin-qizlarni bepul kasbga o‘qitdi
16.03.2021, 16:53
Fikringizni qoldiring