Deputat sayyor qabulida saylovchi boshpanasi yo‘qligini aytdi

10.03.2021, 14:36

Deputat sayyor qabulida saylovchi boshpanasi yo‘qligini aytdi

G’ijduvon tuman Kengashi deputati Roila Shamsiyeva o‘z saylov okrugiga kiruvchi, viloyatning chekka hududi bo‘lmish G’ishti MFYda mahalla faollarini jalb qilgan holda aholining ijtimoiy holatini o‘rgandi. Ikkinchi kuni bemorlarga o‘zi ham tibbiyot xodimi bo‘lgani bois vrachlarni tibbiy ko‘rigini tashkillashtirdi. Saylovchilarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha bukletlar tarqatdi.

Uchinchi kun oilasida muammosi bor aholi qatlami bilan tumandagi 59-maktabda sayyor qabul tashkil qilib, ularning murojaatlarini tingladi.

– 2 yil shar’iy nikohda yashadim. Turmush o‘rtog‘im – samarqadlik, – deydi Rostgo‘y qishlog‘ida yashovchi Jumagul Jo‘rayeva. – Ayni paytda bir nafar bolam bilan otamning uylarida yashayapman. Menga kredit asosida uy kerak. Shu uchun amaliy yordam bering, iltimos.

Deputat mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuboradigan bo‘ldi.

G’ishtida yashovchi Nazira Samandarova esa yaqinda jarrohlik stolidan turgan. Afsuski, uning turmush o‘rtog‘i ham kasalmand. Murojaatchiga ko‘ra, u avvalgi ishxonasida faoliyat yuritolmaydi. Nazira Samandarovani imkoniyatidan kelib chiqib, bandligini ta’minlashga kelishib olindi.

Shu kuni deputat 9 ta ehtiyojmand oilaga 8 turdagi oziq-ovqatmahsulotlari tarqatdi. 7 nafar bemorga o‘z hisobidan dori darmon olib berdi. 5 nafar bemorni esa  davolanishi uchun shifoxonaga sarflanadigan mablag‘ni ham o‘z zimmasiga oldi.

Deputat Roila Shamsiyevaning o‘z saylov okrugi hududidagi saylovchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlari davom etmoqda.

O’zLiDeP Buxoro viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    475
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+