O`zLiDeP fraksiyasi a’zolari samarqandlik yoshlarga yer ajratib berishda ishtirok etdi

13.03.2021, 12:02

O`zLiDeP fraksiyasi a’zolari samarqandlik yoshlarga yer ajratib berishda ishtirok etdi

Bugungi kunda yurtimizda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foizni tashkil etishi bu borada yaqin va kelajakda emas, hozirdanoq zarur choralar ko‘rishni taqazo etadi. Demak, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash ayni vaqtda hayotiy zaruratdir.

O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan Samarqand viloyatida «Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Bulung‘ur tumanidagi “Shunqorbek Sindarov” ishlab chiqarish kooperativida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvi chog‘ida bir qator fermer xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdilar.

A.Navoiy agrofirmasi fermer xo‘jaligi a’zolari bilan amaliy muloqot davomida dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan ehtiyojmand oilalarga, yoshlarga 0,1 gektardan 0,5 gektargacha yer maydonlari ajratishdi. Bunda, yoshlarga yer ajratishda adolatni ta’minlash borasida parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda bu yerda yoshlar bilan suhbatlashib, ularga yerdan unumli foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Unumdor yerlardan 20 nafar yoshga, ya’ni ularning har biriga 10 sotixdan yer ajratib berildi.

– Kelgusi yil oliygoh talabasi bo‘lish niyatim bor, – deydi Xo‘jamazgil mahallasida yashovchi Sarimsoqov Ozodbek Abduraxmon o‘g‘li. Agar yerga mehr berib, ekin-tekin ishlarini o‘z vaqtida qilsam, yaxshigina daromad olib, o‘qishim uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni ortig‘i bilan jamlayman. Yoshlarga yer ajratib berish tengqurlarim uchun ham katta imkoniyat manbai bo‘ldi.

Bu yerlarga ishlov berish, undan samarali foydalanishni ta’minlash uchun tajribali fermerlar yoshlarga maslahat berib boradi. Mazkur maydonlarga sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar yetishtirish va bog‘ yaratish mo‘ljallanmoqda.

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    455
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sardor2021-08-17 09:56:13

Assalom Allekum! Meni Fikrim shuki oz hududimda axolimiz uchun Glam Magazin Mebel Magazin Parda magazin qlish maqsad qldim Joy olishga judda qiyn buliyapdi narxlar baland iloji busa menga Joy ajratip bering kamida 15-20odam ishli buladi sizdan iltimos qip suriman


Fikringizni qoldiring

+