O`zLiDeP deputatlari Angren shahar Kengashi sessiyasiga ichimlik suvi muammosini kiritdi

15.03.2021, 16:14

O`zLiDeP deputatlari Angren shahar Kengashi sessiyasiga ichimlik suvi muammosini kiritdi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Angren shahar aholisidan tushgan ko‘psonli murojaatlarni ko‘rib chiqish va ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy mulohazalar hamda fikrlarga javob berish maqsadida partiya shahar kengashi raisi Vadim Li boshchiligida ishchi guruh tuzildi.

Guruh tomonidan “Toshkentsuvta’minot” MChJ shahar bo‘limi faoliyati o‘rganib chiqildi, o‘rganish bo‘yicha ma’lumotnoma guruh yig‘ilishida muhokama qilinib, ushbu masala Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi qoshidagi “Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha” doimiy komissiyaga chiqarildi.

Mazkur ma’lumotnoma Kotibiyat mudiri O.Anarov, partiya shahar kengashi ishchi guruh a’zolari, partiya shahar kengashi apparati rahbari M.Narbayeva, shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Djumabayev, “Toshkentsuvta’minot” MChJ shahar bo‘limi rahbari Sh.Normatovlar ishtirokida Komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Komissiya  xulosasiga ko‘ra, shaharda ichimlik suv ta’minotida jiddiy vaziyat yuzaga kelgani va yozgi mavsumga kelib, bundanda jiddiylashishi mumkinligi inobatga olinib, shahar suv tarmog‘i tizimidagi bugungi holati “qoniqarsiz” deb baholandi va ushbu masala Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 21-sessiyasi kun tartibiga kiritilib, ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Komissyaining qaror loyihasi bir ovozdan ma’qullanib, shahardagi suv tarmog‘ida ko‘p yillar davomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun “Toshkentsuvta’minot” MChJ shahar bo‘limining imkoni chegaralanganligi va bunga juda ko‘p miqdorda mablag‘ talab etilishi sababli, ushbu masalani Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga  kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    1101
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+