O‘zLiDeP faoli 60 nafar buxorolik yoshlarni kasb-hunarli qildi

15.03.2021, 16:23

O‘zLiDeP faoli 60 nafar buxorolik yoshlarni kasb-hunarli qildi

Buxoroda O‘zLiDeP faoli, “Tadbirkor biznes tsentr” nodavlat ta’lim muassasasi kasb-hunar o‘quv markazi rahbari Saboat Davronova 60 nafarga yaqin “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftari”ga kirgan hamda kasb-hunarli bo‘lish istagini bildirgan bir qator yoshlarni “O’z ishingni boshla va takomillashtir” loyihasi doirasida tibbiyot, umumiy diagnostika va tikuvchilik yo‘nalishlarida ta’lim berdi.

O’zlari qiziqqan yo‘nalishda uch oy o‘qigan talabalarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari-apparat rahbari Jasurbek Boltayev ham ishtirok etdi. Tadbir jarayonida J. Boltayev bir qator partiya safiga kirish istagida bo‘lganlarga a’zolik guvohnomalarini topshirdi.

Shuningdek, O‘zLiDeP faoli tashkil qilgan yangi – ichki turizm yo‘nalishining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+