O`zLiDeP deputati, tadbirkor poytaxtlik 22 nafar yoshlar uchun 48 soatlik o‘quv kursi tashkil etdi

15.03.2021, 16:26

O`zLiDeP deputati, tadbirkor poytaxtlik 22 nafar yoshlar uchun  48 soatlik o‘quv kursi tashkil etdi

O`zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi va Yoshlar ishlari Agentligi Chilonzor tuman  bo‘limi  hamkorligida Chilonzor tumanidagi  mahallalarda  “Yoshlar daftari”ga  kiritilgan   ijtimoiy  kredit  olib   o‘z  tadbirkorlik  faoliyatini boshlash  niyatida bo‘lgan  22 nafar yoshlar uchun  48 soatlik  o‘quv kurslari  tashkil etildi.

O’quv  kurslarini  Xalq  deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi   O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi  Bahodir Ziyoviddinov olib  bormoqda.   Dastur  doirasida “Muvoffaqiyatga  erishish  sirlari” mavzusida Xalq deputatlari  Chilonzor tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Madaminjon Nazirov yoshlarga tadbirkorlik sirlari  bo‘yicha  amaliy  mashg‘ulot o‘tdi va bo‘lajak  tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga  javob berdi.

O’quv kurslarini tashkil etishdan maqsad – yosh tadbirkorlarni va o‘z  tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni tadbirkorlikka bo‘lgan ko‘nikmalarini shakllantirish, tadbirkorlikka tegishli bo‘lgan yangiliklarni yetkazish, muammoli masalalariga duch kelganda uni hal etish mexanizmlarini tushuntirishdan iborat, - deydi O`zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari Muxrimov.

O’quvlar  yakunida AT “Mikrokreditbank” orqali  imtiyozli  kredit olish  huquqini beruvchi sertifikatlar taqdim  etiladi.

O`zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+