Deputatlar qibraylik tadbirkorlarning muammolariga yechim topishdimi?

15.03.2021, 17:35

Deputatlar qibraylik tadbirkorlarning muammolariga yechim topishdimi?

Qibray tumanida OzLiDeP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Davlat–xususiy sheriklik bo‘yicha amaliyotni o‘rganish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida davlat xususiy sherikchilik asosida Qibray tumanida keng ko‘lamda amaliy ishlar davom ettirib kelinayotganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, davlat hususiy sheriklik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun sayyor qabullar tashkil etilib, bu borada tadbirkorlarga tushintirish ishlari olib borilayotganligi haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.

Davra suhbatida hududiy banklar tomonidan davlat xususiy sheriklik asosida bir nechta katta loyihalar amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi. Jumladan, tumanda jami 30 ta loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, hozirda ushbu loyihalarning 21 tasi ishga tushgan, 5 tasi esa hozirda amalga oshirilayotir. Shuningdek, 4 tasi istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar hisobiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.

- Davlat-xususiy sherikligi loyihalari sonini oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish maqsadida mutasaddi idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida deputatlik guruhimiz tomonidan tahlillar o‘tkazilib deputatlik guruhi eshituvi tashkil etildi, - deydi OzLiDeP Qibray tumani Kengashi deputatlik guruhi rahbari Z.Abduazimov.

Yig‘ilish davomida davlat xususiy sheriklik borasidagi qonun va unga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.

Mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammoli savollariga javob olishdi, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Axror Tuychiyev,

O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    394
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+