Deputat mahallada: Qosko‘llik saylovchilar muammolari tinglandi

15.03.2021, 17:51

Deputat mahallada: Qosko‘llik saylovchilar muammolari tinglandi

Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha rahbarlar aholi bilan "mahallabay" shaklda ishlarni olib bormoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Axmet Reymov o‘zi saylangan hudud "Qosko‘l" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda "Qosko‘l" mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ming 288 ta oilada 11 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Uchrashuvda hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni ko‘klamzorlashtirish, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ham masalalar muhokama qilindi.

Aholi bilan uchrashuvda hududda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan ichimlik suv muammosi, fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida  yo‘lovchi tashish transportlarning qatnovini ko‘paytirish, jismoniy shaxslarning uylarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham muammolarning borligi aniqlandi.

Ko‘tarilagn ayrim muammolarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, o‘z yechimini kutayotgan muammolar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqishga va ңazoratga olishga kelishib olindi.   

Shu kunning o‘zida xalq vakili hududda qad ko‘tarayotgan zamonaviy tiptagi 100 ta o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chasining qurilish ishlari va "Qosko‘l" mahalla fuqarolar yig‘inining yangidan qurilayotgan imoratining o‘rnini ko‘zdan kechirib o‘zining fikr va takliflarini aytib o‘tdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    457
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+