Deputat mahallada: 900 metr polietilen quvur yotqizilib, qishloqqa ichimlik suvi keltiriladi

15.03.2021, 19:13

Deputat mahallada: 900 metr polietilen quvur yotqizilib, qishloqqa ichimlik suvi keltiriladi

Qiziltepa tuman 21-Tavois saylov okrugidan O’zLiDeP deputatligiga saylangan tadbirkor N. Habibovning aholi bilan uchrashuvlariga “odam to‘plash”, “kontengent yig‘ish”ga hech bir hojat qolmaydi. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi.

Tavois MFY raisi, xodimlari, uchastka noziri, tashkilot va korxonalardan mutaxassislar ishtirok etgan “Deputat mahallada” loyihasi doirasidagi uchrashuvda 150 ga yaqin saylovchilar o‘z muammolari va takliflari bilan katnashdi.

Dastlab bugungi siyosiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisi sifatida so‘zga chiqqan deputat islohotlar ortidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng saylovchilar muammolariga o‘tilib, ular  tomonidan o‘rtaga tashlangan 10 ga yaqin murojaat muhokama etildi. Ushbu muammolar O’zLiDeP Qiziltepa bo‘limi tomonidan rasmiylashtirildi.

Uchrashuvda ichimlik suvi masalasida muammoli vaziyatga tushib qolgan Kosagaron qishlog‘iga Tavois qishlog‘idan  suv tortib kelish uchun 900 metr uzunlikda polietilen quvur zaruratini Xalq deputatlari  Qiziltepa tuman Kengashi deputati N.Habibov o‘z zimmasiga olib, murojaat yechimini joyida hal etdi.

Amaliy natijalar bilan boshlangan “Deputat mahallada” loyihasi doirasidagi tadbirda Tavois mahallasi tarkibidagi to‘rt qishloq aholisi uchun qishloq faollariga Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik asnosida sumalaklar tayyorlash uchun bepul un , bug‘doy va o‘simlik moyi ham ulashildi.

Shuningdek, tadbir yakunida "Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi yuzasidan ham ayollarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini taminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlardan foydalanish taklif kilinib, mahalladagi 20 nafar faol ayoldan iborat targ‘ibot guruhi tuzilib, tasdiqlab olindi.

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Максуд2021-03-17 01:08:16

Ассалому алейкум бу депутатга рахмат мен узимизга сайланган Олий мажлис депутатига Равшан акага 2 феврал 2021 йил саёор кабулда уз муамолармизи айтгандим . Бирси хам бажарилмади. Хукуматда шундай одамлар ишламаса халк муамосин ечмас нега керак. Мени кутарган муамом Сув . Йул . Махалла хеч кайсини бажаришмади.


Fikringizni qoldiring

+