Xorazmda tadbirkorlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari holati qanday?

15.03.2021, 19:22

Xorazmda  tadbirkorlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari holati qanday?

Ana shu savolga javob topish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha aniqlangan muammolarni hal etish hamda qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, ularni qo‘llash mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan takliflar tayyorlash maqsadida Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Xorazm viloyat va Urganch shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, taklif qilingan 10 dan ortiq idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.     

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi rahbari mazkur masala yuzasidan axborot berdi.

Xususan, o‘tgan yilni sarhisob qilinganda aholiga jami 530 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan, dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini berish, qurilish-montaj ishlariga ruxsatnoma berish, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish  va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ko‘plab davlat xizmatlari shular jumlasidandir. Bunda barcha davlat xizmatlari tezkor, qulay, shaffof va sifatli tamoyillar asosida ko‘rsatiladi. 2020 yil  davomida viloyatda 22 000 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning qariyb 500 ga yaqini sayyor tartibda amalga oshirilgan.

Mazkur sohada qilinayotgan ishlar bilan birga hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham talaygina.

Eshituvda fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish borasidagi huquqiy bilimlarining yetishmasligi oqibatida ayrim vakolatli tashkilotlar yoki ularning xodimlari tomonidan hamon ma’lumotlar taqdim etish bahonasida noqonuniy daromad ortirish payida bo‘layotgani, aholini turli bahonalar bilan sarson qilayotgani ham tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, “Xorazm suv ta’minoti” MChJ vakilining ta’kidlashicha fuqarolarning ma’muriy reglament asosida belgilangan xujjatlarni to‘g‘ri yuklanmasligi Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligiga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, egalik xuquqini beruvchi xujjat, ob’ektning aholi yashash joyi hududiga nisbatan joylashishi aks ettirilgan vaziyat rejasi (tarxdan ko‘chirma nusxasi), ulanayotgan ob’ektning suvdan foydalanish turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari aks ettirilgan suvdan foydalanish va oqova suvni chiqarish balansi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tassarufida bo‘lganda, ulanish uchun ruxsatnoma kabi xuddatlarning to‘liq taqdim etilmasligi fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatining buzilishiga yoki murojaatning rad etilishiga olib kelmoqda.

Mazkur muammolarni hal qilishda O’zLiDeP deputatlik guruhi doimo tayyor ekanligi aytildi. Taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining qarori qabul qilindi.                                                                

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+