Andijon shahridagi safdoshlarimiz soni 20 nafarga ortdi

16.03.2021, 16:51

Andijon shahridagi safdoshlarimiz soni 20 nafarga ortdi

O’zLiDeP Andijon shahar Kengashi tashabbusi bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatlik texnikumida “O’zLiDeP – Sizga hamisha tayanch!” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Mustaqillik silsilasini O’zLiDeP bilan birga davom ettiramiz!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda so‘z olgan partiya shahar Kengashi apparat rahbari Jahongir Jiyanov partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzi xususida atroflicha gapirib, ishbilarmonlik muhitida elektorat erishayotgan yutuqlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Xalq deputatlari shahar kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga, qio‘iqishlarini uyg‘otishga xizmat qilgan bo‘lsa ne ajab.

-Shu ta’lim dargohida o‘qiyman, - deydi K.Sultonova. – Albatta, kasbu korli, hunarli bo‘lishni davrning o‘zi talab qilmoqda. O’qish, izlanish bilan birga  tadbirkor bo‘lish qanday yaxshi! Bugungi tadbirdan olgan taassurotlarim ayni maqsadimni yanada shakllantirdi. Deputatlardan olgan ma’lumotlarimiz kelgusida asqotadi, albatta.

Targ‘ibot tadbiri ezgulikka esh bo‘ldi. Uchrashuv davomida texnikumning 15 nafar talabalari yangi safdoshlarimizga aylandilar. Ularga partiyaga a’zolik guvohnomalari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Diyorbek ABDUSAMATOV,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    388
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+