Partiya vakillari mahallada: Zominlik 18 nafar xotin-qizlar va 34 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

16.03.2021, 17:27

Partiya vakillari mahallada: Zominlik 18 nafar xotin-qizlar va 34 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti “Ayollar qanoti” va “Yoshlar qanoti” guruhlari faollari  tomonidan Zomin tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda, tumandagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar uchun  bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, "Tomorqa-daromad manbai" mavzusida tashkil etilgan amaliy seminar davomida  ishtirokchilarga mavjud tomorqalardan unumli foydalanishda zarur bo‘lgan yordamlarni tashkil etishga e’tibor qaratildi. Natijada, o‘z tomorqasida  issiqxona qurish istagida bo‘lgan 8 nafar ayollarga kredit mablag‘i olish masalasi xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari nazoratiga olindi.

Shuningdek,  18 nafar xotin-qizlarni “Yoshlik” MFYda joylashgan “Yoshlik baraka chevarlari” tikuvchilik sexiga ishga joylashtirishga amaliy yordam berildi.  Shuningdek, tadbirlar davomida jami 34 nafar yoshlar ham doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi.

Tibbiy ko‘rikka muhtoj xotin-qizlarning sog‘ligini tiklash va davolanishlari uchun  "Azim Zomin Shifo" MChJ mamuriyati bilan bepul har oyda 4 ta bepul yo‘llanma berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti “Ayollar qanoti” va “Yoshlar qanoti” guruhlari faollari  hamkorlikda o‘tkaziladigan bunday tadbirlarni viloyatdagi boshqa tumanlarda ham o‘tkazishni rejalashtirib qo‘yishgan. Hamkorlikda samara ko‘p, deb shunga aytishsa kerakda.

Shoira G’OZIBEKOVA,

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

 “Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    513
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Нилуфар Олимовна2021-03-17 19:11:41

Албатта урнак оларли иш


Fikringizni qoldiring

+