Qoraqalpog‘istonlik yoshlar muammolari o‘rganildi

16.03.2021, 17:35

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar muammolari o‘rganildi

Ma’lumki, ayni paytda hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va mavjud muammolarni barataraf etish bo‘yicha ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Mazkur tadbirlar doirasida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar masalalari buyicha rais o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi A. Aslanov Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l va Sho‘manay tumanlari yoshlari bilan uchrashdi.

Har bir tumanda o‘tkazilgan tadbirlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 yanvar kungi “Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi asosida hududlardagi yoshlar muammolari atroflicha o‘rganildi.

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 47 ming 50 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, yil yakunigacha ularni ushbu daftardan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Ishchi guruh maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi mazkur ishlarni jadallashtirishdir.

O’tkazilgan uchrashuvlar davomida har to‘rttala tuman yoshlari bilan uchrashilib, ular bilan yaqindan muloqat qilindi, yoshlarni qiynayotgan muammolar astoydil o‘rganildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ayrim murojaatlar shu joyning o‘zida hal qilindi.

Masalan, Qo‘ng‘irot tumani yoshlaridan biriga tikuv mashinasi, Qonliko‘l tumani yoshlariga esa tikuv mashinasi va soch turmuklash hamda payvandlash uskunalari,  15 nafar yoshlarga 0,5 yer ajratish, 5 nafar yoshga imtiyozli kreditlar olish uchun sertifikatlar, shuningdek 39 nafar yoshlarga “1+1” dasturi bo‘yicha o‘qish uchun maxsus sertifikatlar shular jumlasidandir.

Mo‘ynoq va Sho‘manay tumanlari yoshlari bilan uchrashuvlarda ham hudud yoshlariga yuqoridagi kabi imtiyozlar berilib, aniqlangan muammolarni qisqa davrda barataraf qilish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan xulosa qilindi.

  • Ko'rildi
    754
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+