Xorijdan qaytib kelib ishsiz qolgan marhamatlik fuqaroga ekin ekish uchun yer ajratib berildi

16.03.2021, 17:37

Xorijdan qaytib kelib ishsiz qolgan marhamatlik fuqaroga ekin ekish uchun yer ajratib berildi

D.Qosimov marhamatlik yoshlardan. “Yoshlar daftari”ga kiritilish sababi ishsizlik bilan baholandi. Tumandagi kasb-hunar kollejini tamomlagach, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylasholmay xorijga ishlash uchun ketdi. Pandemiya sababli yurtga qaytdiyu, ammo bandligi ta’minlanmadi. Bir muddat turli mavsumiy ishlar bilan shug‘ullandi.

-Yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llash, rag‘batlantirish, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda,- deydi xalq deputatlari tuman kengashi deputati, tuman Fermerlar kengashi raisi Akram Muxtorov. – Shuning uchun ham bugun ehtiyojmand, bandligi ta’minlanmagan, yerdan foydalanishga ishtiyoqi baland yoshlarning bir guruhiga 10 sotixdan yer ajratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ularning “oyoqqa turish”lariga, daromad topishlariga ko‘maklashish, shu bilan birga kelajak maqsadlarini amalga oshirishlari uchun bir qadar hissa qo‘shishdir.

Xususan,deputat tashabbusi bilan tumandagi “G’oziyev” fermer xo‘jaligidan 10 nafar yoshlarga 10 sotixdan yer maydonlari ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi. Shu kunning o‘zida yangi “er egalari”ga ajratilgan maydondan unumli foydalanishlari uchun karam va kartoshka urug‘lari tarqatildi.

Muharramxon GULMATOVA,

O’zLiDeP Marhamat tuman Kengashi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    396
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+