Daftarga kiritilganlar uchun 7 millionlik subsidiya

16.03.2021, 17:47

Daftarga kiritilganlar uchun 7 millionlik subsidiya

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish bugungi kundagi eng e’tibordagi masala sanaladi. Bunda ko‘proq natijaga erishish uchun esa ozgina bo‘lsa ham ishbilarmonlikka ishtiyoqi bor yoshlarga aniq yo‘nalish berilishi, shu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishtirish lozim.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi ham xuddi shu maqsadda Termiz shahri hamda tumanidagi faol yoshlar uchun “Surxon keramiks” korxonasiga amaliy safar uyushtirib, master klass o‘tkazdi.

Mazkur tadbir davlatimiz rahbarining joriy yil 3 fevraldagi “2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 6155-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Unda yoshlarni aynan tadbirkorlikka jalb qilish masalasi ko‘tarilgan.

“Surxon kerakmiks” korxonasiga borgan yosh faollar, korxona faoliyati, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda u yerdagi ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.    

Termiz tumanida joylashgan mazkur korxonada asosan, keramika mahsulotlari, kafel va o‘tga chidamli g‘ishtlar ishlab chiqariladi, — deydi O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar, fermerlar va aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Abdusator  Razikov. —Yoshlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi, korxona ish boshqaruvchisidan uning faoliyati, umuman tadbirkorlikda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi borasidagi bilimlarni o‘rganishdi.

Tadbirda “Agrobank”, “Mikrokredit bank” hamda “Xalq banki” AT, shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasi vakillari ham ishtirok etishib, kredit masalalari bo‘yicha yoshlarning barcha savollariga javob berishdi. Asosan, kredit turlari, ularni imtiyozli foizlarda berish tartiblari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Misol uchun, PF-6155-sonli Prezident qaroriga binoan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ham ular uchun ayni muddaao bo‘ldi.

- Tikuvchilikdan xabarim borligi uchun kredit olib, kichikkina sex ochmoqchiman, — deydi Termiz davlat universiteti talabasi Muxlisa Bo‘riyeva.  — Bugungi master-klasda kredit olish, soliq to‘lash tartiblari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldim. Muhimi, bu borada biz yoshlarga bir nechta imtiyozlar ham borligini bilib oldim. Endi biznes reja tuzib, bankka kerakli hujjatlarni taqdim qilmoqchiman.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    2251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

ЭРНАЗАРОВА МАФТУНА2022-01-18 14:31:24

ЁШ ТАДБИРКОРЛАРГА СУБСИДА БЕРИЛСА ЯХШИ ИМКОНЯТ БЎЛАДИ


ЭРНАЗАРОВА МАФТУНА БОҲОДИР ҚИЗИ2022-01-18 14:28:22

ТИКУВЧИЛИК ЦЕХИ ОЧИБ ЁШЛАРНИ ИШ БИЛАН ТАЪМИНЛАШ


Polatova Lola 2022-01-16 22:11:13

Bizaga Jordan yoq kvartirada yawavotik uydagila olomadik subsidies yoq


Bahrom2021-06-06 17:56:36

Subsidya olish imtiyozli kredit olishdan ham qiyinku bumagan gap subsidya olib bolmaydi


Jasurbek Qochqarov2021-05-24 15:04:58

Tadbirkorlarga subsidiyalar beriz yaxshi bo'libdi O'zlidep ga omad


Рахманова Гульнара Арзеновна 2021-03-17 15:46:48

Хозирда амалга оширилаетган «Темир дафтар», «Аёллар дафтари» ва «Ёшлар дафтари»га киритилган фуқаролар учун уз тадбиркорлик ва мехнат фаолиятини бошлашлари учун керакли бўлган асбоб-ускуна, меҳнат қуролларини харид қилиш учун хар бирига 7 миллион сўмгача субсидиялар ажратилиши хар бир ишсиз ешлар ва аёллар учун катта имконият булиб хисобланади


Fikringizni qoldiring

+