Sharof Rashidov tumanidagi oilaviy korxonada yangi BPT tashkil etildi

17.03.2021, 18:22

Sharof Rashidov tumanidagi oilaviy korxonada yangi BPT tashkil etildi

Sharof Rashidov tumanidagi Uchtepa mahalla fuqarolar hududida joylashgan Nazokat Toshpo‘latova rahbarligidagi oilaviy  korxonada yangi BPT tashkil etildi.

Kiyim-kechaklar tikish bilan shug‘ullanadigan mazkur korxonada  ayni paytda to‘qqizta xodim faoliyat olib boradi. Ular 21 xil turdagi mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berishmoqda. Ayni paytda korxona chevarlari yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish ustida ish olib borishmoqda. Bu esa yana yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

- Tadbirkor faoliyatimni boshlashda O’zLiDeP ning yordami katta bo‘ldi, - deydi  yangi  boshlang‘ich partiya tashkilotining raisi, tadbirkor N.Toshpo‘latova. – Endilikda partiyaning quyi bo‘g‘iniga birlashgan maslakdoshlar mahallamizda tadbirkorlikni rivojlantirishda, mavjud muammolarni hal etishda deputatlarimizga yaqindan ko‘makdosh bo‘lishga bel bog‘laganmiz.

Ayni paytda korxona chevarlari yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish ustida ish olib borishmoqda. Bu esa yana yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Otabek TO’XTAYEV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    491
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+