Deputat va yoshlar uchrashuvi sayxunobodlik tomorqachining xonadonida o‘tkazildi

17.03.2021, 18:31

Deputat va yoshlar uchrashuvi sayxunobodlik tomorqachining xonadonida o‘tkazildi

O’zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi deputati, Xalq deputatlari tuman Kengashining “Sanoat, transport, qurilish, komunal xo‘jaligi masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiya” raisi  Xusniddin Raxmanov Sayxunobod tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchilari va yosh xodimlari ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazdi.

Tashkil etilgan amaliy seminar davomida yoshlar Mirsharip Xudoyberdiyevning tomorqasidagi olti sotixli issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilarga mavjud tomorqalardan unumli foydalanishda zarur bo‘lgan yordamlarni tashkil etishga e’tibor qaratildi. Natijada, o‘z tomorqasida issiqxona qurish istagida bo‘lgan yoshlarga kredit mablag‘i olish masalasi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari nazoratiga olindi.

Tadbir davomida yoshlar tuman markazidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasi rahbari Komiljon Raxmonovning tadbirkorligi bilan yaqindan tanishib, kelgusida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun nimalarni bilish va  qay tariqa ish faoliyatini olib borish haqida tushunchalarga ega bo‘lishdi.

Tadbirga “Bayram” fermer xo‘jaligi rahbari Isroil Supxonov taklif qilinib yoshlarga o‘z faoliyati haqida gapirib berdi. Fermerlikka ilk qadam qo‘ygan davrlaridagi qiyinchiliklar va bugungi kunda yoshlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni taqqoslab, ularga kerakli maslahatlarni berdi. Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Abdujabbor ERNAZAROV,

O’zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi

Apparat rahbari

  • Ko'rildi
    817
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+