Ulug‘norlik deputatning mahalla yoshlariga Navro‘z hadyasi

18.03.2021, 14:37

Ulug‘norlik deputatning mahalla yoshlariga Navro‘z hadyasi

“Fazogir” mahallasi Ulug‘nor tumanining eng chekka hududi. Tuman markazidan 14 kilometr olisda joylashgan bu mahalla saylovchilari bugun deputat tanlashda adashmaganlarini har qadam his qilyaptilar.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga 6-Fazogir saylov okrugidan saylangan Allomurod O’rinboyevning aholiga yelkadoshligi, tashvishu quvonchlariga sherikligi ko‘pchilikka ibrat bo‘lishga arziydi. Yosh bo‘lishiga qaramay, mahalla rivojiga yaxshigina hissa qzo‘ib kelayotgan xalq noibi yana bir savobli ishga qo‘l urdi.

Mahalla hududida yoshlarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit mavjud emasdi. Deputat qaysidir mutasaddidan ko‘mak kutib o‘tirishni o‘ziga ep bilmadi. Tadbirkorligi qo‘l keldi. Mini stadion qurish bo‘yicha tayyorlagan biznes loyihasi tuman mas’ullariga ma’qul keldi. Loyihada ko‘rsatilgan 400 million so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga tez fursatda zamonaviy stadion qurilishi tugallandi.

-Mazkur o‘yingoh Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalla ahliga foydalanish uchun topshirilganda, barchamiz birdek sevindik, - deydi MFY raisi Uzoqboy Mukarramov. – Xayrli ish avvalida deputatimiz tomonidan yozilgan dasturxon - exson tadbiri nuroniylarimizning duolari bilan boshlandi. Yana bir muhim tomoni, mahallamizdagi ikki nafar ishsiz yoshlarimizning muqim bandligi shu yerda ta’minlandi.

Allomurod O’rinboyevning bu kabi ezgu sa’y-harakatlari zamirida saylovchilari manfaatlari uchun qayg‘urish, ularga munosib sharoitlarni yaratib berish, o‘amon bilan hamnafaslikda qadam tashlashga undash singari dolzarb vazifalar ijrosi mujassam.

Gavharoy ABDUVOSITOVA,

O’zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+