Ohangaronda tomorqadan samarali foydalanayotganlar tajribasi ommalashtirildi

26.03.2021, 10:21

Ohangaronda tomorqadan samarali foydalanayotganlar tajribasi ommalashtirildi

Shu kunlarda Toshkent viloyatining barcha tumanlarida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ertaki ekinlarni ekish, qarovsiz holga tashlab qo‘yilgan xonadonlarni aniqlab ekin ekishga ko‘maklashish kabi holatlarni o‘rganish maqsadida Respublika ishchi guruhi o‘rganishlar olib bormoqda.

Ohangaron tumanida aholi tomorqalaridan samarali fodalanish, ochiq va yopiq maydonlarda mahsulot yetishtirish mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O’zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov, tuman hokimi, hududdagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosarlari, agrar soha mutaxassislari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlar qatnashdi.

Yalpoqtepa mahallasida yashovchi Lochinbek Umarov hovlisida 3 sotix issiqxona tashkil qilgan bo‘lib, bir yilda 4 martagacha hosil olyapti. Xonadon sohiblari issiqxonada ko‘kat yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Yana qo‘shimcha 2 sotixli issiqxona qurib kivi yetishtirmoqchi.

Seminarda bu amaliy ishlarni barcha MFYlarda ommalashtirish, "Temir daftar" dagi oilalarni jalb etish haqida tavsiyalar ham berildi.

Ayni paytda ushbu mahallada 626 ta xonadon, 2950 nafar oilalar istiqomat qilib keladi. “Temir daftar”ga 16 nafar, “Ayollar daftari”ga 19 nafar, “Yoshlar daftari”ga 45 nafar fuqarorlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning har biri bilan muloqotda bo‘lmoqda. Ishchi guruh vakillari mazkur ishsiz fuqarolarni o‘z xonadonlarida issiqxonalar qurib berish orqali oilaviy daromadlarini oshirish lozimligi borasida ko‘rsatma berildi. Bu borada O’zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Jamg‘arma imtiyozli kreditlar va subsiyadalar ajratish orqali ko‘mak ko‘rsatishini bildirdi.

Seminarda "Tomorqa xizmati" MChJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, yetishtirilgan mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq savollarga batafsil javob berildi.

Ushbu tumanda “Dry garden” tomorqa xizmati MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda mahallalardagi aholi tomorqalariga qizil qalampir urug‘i va ko‘chatlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

- Faoliyatimizni 2020 yilda boshlagan edik, - deydi MChJ rahbari Abror Hoshimov. – Bizning tasarrufimizda 20 gektar ekin ekishga mo‘ljallangan yer bo‘lib, shundan 0,5 gektariga issiqxona tashkil qilganmiz. Turkiya davlatidan qizil qalampiri urug‘ini sotib olib, o‘zimizga hosilini yetishtiramiz va olingan mahsulotlarimizni quritilgan holda yana o‘sha davlatga eksport qilamiz. Shu kunga qadar ming tonnadan iborat 1 miln. dollarlik mahsulot chetga eksport qilindi. Bundan tashqari mahsulotlarimizni o‘zimizning mahalliy aholimizga ham yetkazib beryapmiz. Aholi tomorqalarida ekin ekishdan tortib mahsulotlarni bozorini topishgacha bo‘lgan jarayonda ham xizmat ko‘rsatib kelamiz. O’tgan yilning o‘zida 350 ta fermer xo‘jaliklariga va 2 mingga yaqin xonadonlarga urug‘ va ko‘chat yetkazib berdik.

Seminardan so‘ng ishchi guruh vakillari ushbu mahallada qarovsiz tashlab qo‘yilgan tomorqalarni aniqlab, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatdi.

Yalpoqtepa mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Feruza Arslonova xonadoni ko‘zdan kechirilganda tomorqa o‘z holiga tashlab qo‘yilgani guvohi bo‘lishdi.

Spiker o‘rinbosari ushbu xonadon sohibasi bilan suhbatlashganda turmush o‘rtog‘i vafot etganligi, yolg‘iz farzandi bilan kun kechirib kelayotganligi, tomorqasiga ishlov berishga imkoniyati yo‘qligini aytdi. Shu joyning o‘zida motokultivator bilan xonadonning tomorqasiga ishlov berildi va ekin ekishga ko‘maklashildi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    419
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+