Deputat “Ayollar”, “Yoshlar”, “Temir daftar”dagi saylovchilari holidan xabar oldi

27.03.2021, 13:27

Deputat “Ayollar”, “Yoshlar”, “Temir daftar”dagi saylovchilari holidan xabar oldi

Pistamozor mahallasi xalq deputatlari  viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova saylangan 59-“Hoqon” saylov okrugida joylashgan. Mahalladagi jami 2961 nafar aholining xalq noibiga ishonchi yuksak. Negaki, deputat va saylovchi o‘rtasidagi doimiy aloqa, dardu quvonchga yelkadoshlik, hamfikrlilik chinakam samimiy munosabatga asos bo‘layotir.

Xalq noibining navbatdagi yo‘qlovi “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” haftaligi doirasida uchrashuvlar tashkil etildi. Xurshidaxon Xalilova o‘rganish ishlari avvalida mahalladagi “Ayollar ”, “Yoshlar” va “Temir daftar”dagi aholi vakillarining yashash sharoitlari, berilayotgan amaliy ko‘maklar bilan yaqindan tanishdi va dildan suhbatlashdi.

-Ayni kunda “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan 51 nafar xotin-qizning hamda “Yoshlar daftari”dagi 11 nafar yigit-qizning bandligini ta’minlash, oilasi daromadlarini oshirishga ko‘maklashish masalalarida deputat bilan hamkorlikda tizimli ishlarni amalga oshiryapmiz, - deydi MFY raisi Faxriddin Yuldashev. – Masalan, Muxtaram Qoraboyeva ayni vaqtda “Ayollar daftari”dan chiqarilish arafasida. Turmush o‘rtog‘i 9 yil ilgari vafot etib, 2 farzandi bilan yolg‘iz qolgan ayolning yashash xonadonidagi tomorqasiga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxona qurib berildi. Allaqachon bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan fuqaroning bugun ham oilasiga daromad kiryapti, ham bandligi ta’minlanyapti.

Bunday xayrli ishlarni ko‘plab keltirish mumkin. Xususan, “Temir daftar”ga ro‘yxatga olingan 19 nafar mahalla vakilining 14 nafari bugunga kelib ro‘yxatdan chiqarildi. Ularning biri chorvachilikni, biri parrandachilikni, yana biri kasanachilikni yo‘lga qo‘ygan, boshqalari issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanyapti. Ayni payda qolgan besh nafar fuqaroning bandligi borasida ham rejali ish amalga oshirilyapti.

Abdulhay G’afforov “Temir daftar”da ro‘yxatda turadi. Deputat uning muammosini tinglab, amaliy ko‘mak berishga shoshildi. Fuqaroning salomatligi bezovta qiladi. Shu kunning o‘zida xalq noibi ko‘magi bilan A.G’afforov tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Haftalik doirasidagi deputatning o‘rganish va amaliy ko‘maklashish tadbirlari davom etmoqda.

Zilola RAHMONOVA,

O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    548
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+