O’zLiDeP deputati ko‘magida yangiyerlik tadbirkor o‘z biznesini boshladi

27.03.2021, 13:39

O’zLiDeP deputati ko‘magida yangiyerlik tadbirkor o‘z biznesini boshladi

Mahallalarda faoliyat olib borayotgan yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning nozik did va mahorat bilan yasalgan ishlarini ommalashtirish, yosh yigit-qizlar milliy qadriyatlarimiz, asriy an’analarimizni mujassam etgan hunarmandchilik mahsulotlarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi tashabbusi bilan shahar hokimligi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, partiya faollari va yoshlar ishtirokida “T.Malik” MFYda istiqomat qilayotgan hunarmand Asadbek Qanoxatov ustaxonasida “Yoshlar bandligi – bugunning talabi” mavzusida o‘rganish ishlari olib bordilar.

Partiyaning “11-Farovon” saylov okrugi deputati Rashid Abduraxmonovga o‘z saylovchilari va ishsiz yoshlar o‘zlarining muammolari bilan murojaat etishgandi. Xuddi shu yoshlar qatorida Asadbek Qanoxatov ham bor edi. U pedagogika kollejini tamomlab, o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lganligi uchun 30 mln so‘m miqdorida imtiyozlik kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat etgandi va deputat yordami bilan hozirgi kunda o‘z faoliyatini boshladi.

“O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi xodimlari va deputat R.Abduraxmonov menga o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yishda beqiyos yordam berdi. Men bundan juda minnatdorman. Hozirda shu xunarmandchiligim orqali oilamga o‘z hissamni qo‘shib, dadam bilan faoliyat yuritib kelmoqdaman. Men kabi tadbirkor yoshlar soni ko‘payib, ishsizlar soni kamayaversin”, - deydi biz bilan suhbatda Hunarmand Asadbek Qanoxatov.

Nafisa Sultonxonova

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi

ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+