Sug‘orishning intensiv texnologiyasi samarali natija bermoqda

27.03.2021, 13:42

Sug‘orishning intensiv texnologiyasi samarali natija bermoqda

O’zLiDeP Samarqand viloyat va Toyloq tuman Kengashi faollari  tumanidagi  “Dilshodjon-Dilmurodjon ishonch” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.

Bugungi kunda Sug‘orishning intensiv texnologiyasi samarali natija bermoqda va bu texnologiya fermerlarga qo‘l kelmoqda.

Tomchilatib sug‘orishning afzalligi, eng avvalo, suv resurslarini tejashda namoyon bo‘ladi. Eng muhimi, tomchilatib sug‘orishda suv o‘simlikka shlanglar vositasida yetkazib berilganligi uchun dala tuprog‘i qotmaydi, natijada qator oralariga ishlov berishga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Tuprog‘i qotmagan maydon esa mavsum oxirida sifatli va oson haydaladi. O’g‘it suv bilan birga berilganligi bois, o‘g‘itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yo‘qoladi. Natijada mehnat va yonilg‘i-moylash materiallari tejaladi. Dalada suvchilarning qo‘l mehnati keskin kamayadi, - deydi  fermer xo‘jaligi rahbari Dilshod Rajabov.    

“Dilshodjon-Dilmurodjon ishonch” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida 20 gektar yer maydoni bo‘lib, shundan, 3 gektari terak maydoni, 1,5 gektar tutzor, 1 gektar issiqxona, 14 gektar intensiv bog‘dan iborat. Fermer dalasida 14 nafar doimiy ishchi mehnat qiladi. Ular ayni damda issiqxonada bodring ko‘chatlarini ekish bilan band.

-Issiqxonada bir yilda ikki marta ekin ekib, foyda ko‘rish mumkin, -deydi fermer. - Masalan, avgust oyida bulg‘or qalampiri ekib, ayni qish chillasida hosil olinadi. Undan bo‘shagan yerga fevral-mart oylarida bodring ekiladi. Bodring ekishda vaqt muhim rol o‘ynaydi. Bodringni qish oylarida ekmoqchi bo‘lsak, avvalo urug‘ni maxsus idishchalarga ekib, ko‘chat qilib ko‘kartirib olamiz va issiqxona ichida tayyorlangan yerga ko‘chirib ekamiz. Bahor oylarida esa urug‘ning o‘zini yerga qadasa ham bo‘ladi.

Mirishkor fermer Dilshod Rajabov 14 gektar yer maydonida intensiv bog‘ barpo etgan. Har gektariga 3100 donadan Turkiya davlatidan keltirilgan “Golden delishes” “Skarlet” kabi olma navlaridan ekib, parvarishlamoqda. Ahamiyatli jihati shundagi, mazkur intensiv bog‘da tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.

Dilshod Rajabov o‘z hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun sig‘imi 300 tonnalik muzlatgich ham barpo etdi. Ayni damda mazkur muzlatgichda olma mevalari saqlanmoqda.

Fermerning yutuqlaridan biri shundaki, u tok parvarishi uchun zarur hisoblangan shpallarni ham o‘zi ishlab chiqaradi.

Amaliy uchrashuvda fermer Dilshod Rajabov partiyaga 13 nafar ishchilari bilan a’zo bo‘lish istagini bildirdi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDePSamarqand  viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    633
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+