Poytaxtlik pedagoglar va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

27.03.2021, 13:44

Poytaxtlik pedagoglar va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi, “Yoshlik” talabalar shaharchasi Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Ayolar salomatligi reproduktiv salomatligini mustahkamlovchi omillar” mavzusida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Partiya tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tadbirlar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishda o‘zining ijobiy samaralarini beradi, sababi tibbiy ko‘rikda nafaqat pedagog xodimlar qamrab olindi balki ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlami, ayollar keng ishtirok etdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad  xotin-qizlarda kasalliklarni erta aniqlash, ularni oldini olishdir. Erta aniqlangan kasallikni esa davolash oson kechadi.

Tadbir so‘ngida bir guruh ayollar partiya safiga qabul qilindi. Ularga partiya guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    459
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+