“Obod qishloq” dasturi – yurt farovonligi omili
27.03.2021, 13:46

Prezidentimiz tomonidan barcha soha va tarmoqlarda olib borilayotgan ulkan islohotlardan ko‘zlangan maqsad xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini ta’minlash, odamlarimizni hayotdan rozi qilishdan iboratdir. Bu ezgu niyat va maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ko‘lami kundan-kunga yanada ortib, yangi ma’no va mazmun bilan boyib bormoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan hayotga joriy etilgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari qishloqlarimiz, ayniqsa, chekka hududlarda yashayotgan millionlab yurtdoshlarimiz hayotida chin ma’noda yangi sahifa ochmoqda.
Kuni-kecha Prezidenti raisligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni yanada farovon manzilga aylantirish borasida muhim vazifalar belgilandi.
Jumladan, endilikda, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga qaysi mahalla yoki qishloq kirishini mahalliy kengashlar belgilaydi. Tuman va shahar hokimining iqtisod, qurilish va mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari zarur mablag‘lar va amalga oshiriladigan ishlarni aniq hisob-kitob qilib, mahalla raisi bilan birga, hududiy kengashlarda himoya qiladi. Mahalliy kengashlar har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi, yo‘l-transport va infratuzilma ob’ektlari manzilli dasturini tasdiqlaydi. Qurilish vazirligi hokimliklar bilan birga ularning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga mas’ul bo‘ladi.
Bu vazifalar esa, albatta, mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Muhtaram Yurtboshimiz boshchigidagi ulkan bunyodkorlik ishlari yurtdolarimizning o‘z hayotidan mamnun bo‘lib, o‘tkazayotgan har bir kuniga shukronalik keltirishga, farzandlari baxtu iqbolini obod va farovon maskanda ko‘rishlariga xizmat qilishi bilan ham yanada ahamiyatlidir. Ana shu yo‘ldi biz, deputatlar ham vakolatimiz doirasida bor bilim va salohiyatimizni ishga solib, yurtimizning yanada chiroy ochishi, ravnaq topishiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Rahmatullo Kamolov,
O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi,
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati.
O'xshash yangiliklar
-
Surxondaryo kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanadi
14.03.2023, 16:00
-
“Mahalliy amaldorlar endi o‘qituvchini tekin xizmatkorga aylantirolmaydi” – G'ayrat Abdiyev
14.03.2023, 12:14
-
Xalq orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hujjat
13.03.2023, 14:48
-
Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinadi
10.03.2023, 10:30
-
Konstitutsion islohotlar
09.03.2023, 13:55
Fikringizni qoldiring