“Deputatlar va tadbirkorlar” muloqot forumi Hazorasp va Qo‘shko‘pir tumanlarida tashkil etildi

27.03.2021, 13:47

“Deputatlar va tadbirkorlar” muloqot forumi Hazorasp va Qo‘shko‘pir tumanlarida tashkil etildi

Forumda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Hazorasp tuman Xalq qabulxonasi, Davlat xizmatlari markazi tuman bo‘limi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi, Yoshlar ishlari agentligi  tuman bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi tuman  bo‘limi, “Agrobank” Xazorasp filiali, Tuman yer resurslari kadastri, Tuman arxitektura va qurilish bo‘limi, Hazorasp tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, deputatlar, tadbirkorlar va partiya faollari o‘zaro fikr almashdilar.

Forumda tadbirkorlar, kichik biznes vakillari, oilaviy tadbirkorlar, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar va ayollar o‘z muammo va takliflari bilan murojaat qilishdi.

“Zarra tekstil” MChJ rahbari Zaynura Kenjayeva ham tikuvchilik faoliyatini kengaytirish maqsadida yer so‘rab murojaat qildi. Hazorasp tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi bosh mutaxassisi U.Yaxshiboyev tumandagi kichik sanoat zonasidan auksion orqali yer ajratilishini ma’lum qildi.

Kenjayeva Xavajon kredit masalasida, Ro‘ziboyeva Sadoqat oshxona va do‘kon ochish maqsadida kredit olish masalasida, Saidova Bikajon Davlat sherikchilik asosida Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun kredit olishda qiyinchilikka duch kelayotganini bildirdi.  

Forum doirasida ayrim muammolar joyida hal qilingan bo‘lsa, qolganlarni tegishli hamkor tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalar yuborish orqali ko‘rib chiqilishini va nazoratga olinishga kelishib olindi.

Qo‘shko‘pir tumanida tashkil etilgan muloqot forumida  mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolarni doimiy ravishda o‘rganib borish hamda ularni bartaraf etishga ahamiyat qaratildi.

Tadbirkorlar tomonidan bir qancha muammo va takliflar hamda murojatlari tinglandi. Tadbirkor Rahimberganov Dilmurod o‘z ukasi bilan boshlagan “Oskar Mebel” va  “Nezog‘oz” tomarqa xizmati MChJ faoliyatini kengaytirishda doimiy binoga ega bo‘lishda yordam so‘rab murojaat qildi. Muloqotda imtiyozli kredit, lizing, garov va kafillik kabi ko‘plab masalalarga hamkor tashkilotlar tomonidan asosli ma’lumotlar berildi.

Umid Nurmetov,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    108
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+