Kasbida issiqxonada bir daraxtda limon, aplesin va mandarin gulladi

12.04.2021, 15:56

Kasbida issiqxonada bir daraxtda limon, aplesin va mandarin gulladi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Kasbi tumanida “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida  tomorqachilar ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tumandagi “Oqqamish” MFY hududida yashovchi Abdurahmon Xudoyberdiyev tomorqasi faoliyati bilan tanishishdi. Ahamiyatli tomoni shundaki, tomorqachi 10 sotix issiqxonasida limon yetishtirib, har yili 60 million so‘m daromad topmoqda. Mahorat darsi tarzida tashkil etilgan tadbirda A. Xudoyberdiyev ishtirokchilarga tomorqachilik sir-asrorlari xususida so‘zlab berdi. Bo‘lajak tomorqachilar issiqxonada bir daraxtda limon, apelsin va mandarin gullab turganini ko‘rib hayratini yashira olishmadi. 

- Izlagan imkoni topadi,- deydi tomorqachi. –Buyam qiziqishim mahsuli. Bundan  5 yil oldin issiqxonaga  200 tup limon ekkan,- edim. Hozirgi kunda limonlardan yiliga 5 tonnagacha hosil olib, ichki bozorga chiqarayapman. Limon ko‘chati yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ydim. Bundan ham yaxshigina daromad olayapman. Mendan ko‘pincha, tomorqachilikning sir-asrorlari haqida so‘rashadi. Ularga men chin ko‘ngildan ish yuritsangiz, qiziqishingiz yuqori bo‘lsa va qilayotgan ishingizga o‘zingiz ishonsangiz albatta, muvaffaqiyat qozonasiz, deb javob beraman.

Shu kuni tumandagi boshqa bir qator tomorqachilar xonadonlarida ham mahorat darsi shaklida tadbirlar o‘tkazildi. Yaqinda kuchga kirgan “Tomorqa to‘g‘risida”gi qonun yuzasidan savol-javob va bahs-munozaralar o‘tkazildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+