Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qanday imtiyozlar berilyapti?

14.04.2021, 12:17

Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qanday imtiyozlar berilyapti?

Har qanday davlatda yoshlar masalalari kun tartibidagi va dolzarbligini yo‘qotmaydigan masaladir. Har qanday davlatda yoshlar bilan ishlashni yaxshi yo‘lga qo‘yish-millat kelajagini yaxshi yo‘lga qo‘yishdir. Prezidentimiz rahbarligida yoshlar masalasida yil boshidan buyon ikkinchi marta o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarga oid bir qancha masalalar ko‘tarildi, yechimi ham ko‘rsatib o‘tildi.

Hozirgi kunda yoshlarimizni qiynab kelayotgan eng katta muammo bu ishsizlikdir. Yig‘ilishda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash Surxondaryo viloyatida 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etib, bu respublikadagi eng past ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etib o‘tildi. O’z-o‘zidan ma’lumki, ishsizlik ko‘plab salbiy xodisalarga olib keladigan asosiy omillarning biridir. Buning yorqin misoli yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida, ular o‘rtasida jinoyatchilik Surxondaryoda 70 foizga oshganligidir.

Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2 ta ustuvor yo‘nalish — yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriqlar yilning birinchi choragida qanday amalga oshirildi degan o‘rinli savol tug‘iladi.

Ta’kidlash joiz, respublika bo‘yicha 648 ming nafar ishsiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Yilning birinchi choragida 283 ming yoshlarning bandligi ta’minlangan. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun esa 36 ming qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etilib, unga 874 mingga yaqin yoshlar jalb etilgan. Uch oyda respublika miqiyosida 21 ming nafar yoshlar tadbirkorlikka o‘qitilgan. Yig‘ilishda yurtboshimiz bajarilgan ishlar haqida to‘xtalar ekan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham birma-bir ta’kidlab o‘tdi.

Yoshlarimiz uchun birqancha yangi imtiyozlar va yengilliklar haqida ham aytib o‘tdi. Masalan, birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘idan ozod etilishi, 1 iyundan “Yoshlar daftari”ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘taganda ularga 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratish, 1 maydan boshlab yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga kerakli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha subsidiyalar berilishi, “Yoshlar daftari” dagi yoshlar uchun bir oylik armiya xarajatlarining qoplab berilishi, ijarada yashovchi talabalar uchun tulovlarning yarmi davlat tomonidan qoplab berilishi, ijaraga bino olib, o‘z biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijarasining 30 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Shuningdek yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga e’tibor qaratilib, bu borada ko‘pchilik e’tibor ham qaratmay qo‘yigan “Barkamol avlod” bolalar markaziga to‘xtalib o‘tildi. Respublikadagi mavjud 215 ta ana shunday markazlarning imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish kerak. Bugungi kunda “Barkamol avlod” bolalar markazlari bor-yo‘g‘i 175 ming nafar ya’ni 3 foiz yoshlarni qamrab olgan. Yig‘ilishda mazkur markazlar ishini samarali tashkil etish uchun viloyat, tuman, shahar hokimlariga o‘n kun muddatda bajarilishi lozim bo‘lgan zarur topshiriqlar berildi. Shu o‘rinda yoshlarni ta’lim muassasalarining sport zallari, sport maydonlarida to‘garak va musobaqalarga jalb etish zarurligi aytib o‘tildi. “Shu maqsadda, yoshlarni sport, madaniyat, san’atga qiziqtirish uchun konkurs va musobaqalar ko‘paytiriladi”, dedi dvlatimiz rahbari.

Qisqasi, Prezidentimiz ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yoshlarimiz hayotiga yangi bir burilish, yangi o‘zgarish olib kiradi deb aytolamiz.

Akshagul TULEGENOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    979
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Aytboyev Azizbek2022-02-01 00:33:05

Assalom aleykum. Savolim shundan iboratki men qishlogʻimizdagi tashlandiq ahvolda boʻlgan yer uchastkasida tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchiman. U yerda bordoqi ferma tashkil qilmoqchiman. Uni auksionda falon millionga sotib olishga imkonim yoʻq. Shu yerni olishim uchun davlat tomonidan yosh tadbirkor sifatida qanday imtiyoz olishim mumkin???


Самандар2021-06-15 17:13:10

Аманда бажариш керак


Fikringizni qoldiring

+