Deputat mahallada: jizzaxlik 26 nafar ayollarga kredit ajratiladigan bo‘ldi

15.04.2021, 09:39

Deputat mahallada: jizzaxlik  26 nafar ayollarga kredit ajratiladigan bo‘ldi

Jizzaxda “Ayollar daftari” ga kiritilgan opa-singillarimizning muammolarini o‘rganish va ularni partiyaviy vositalar bilan hal qilish maqsadida mahalliy Kengash deputatlari bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Misol uchun, Xalq deputatlari Jizzax shaxar Kengashi deputati Abdulaziz Xo‘jakov tashabbusi bilan “Turon” mahallasidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 26-nafar xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.

Dastlab, 9 xil sohada faoliyat olib borish uchun 48 soatlik bepul biznes ko‘nikma darslariga yo‘llanma olgan va uni muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

Endi ular 3 yillik  muddat va 6 oylik imtiyozli davr bilan  AT "Xalq banki"ning asosiy stavkasida bazaviy xisoblash miqdorining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda kredit olish huquqiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida huquqiy tushunchalar berildi.

Joylarda “Deputat mahallada” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bu kabi amaliy ishlari  davom ettirilmoqda.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    762
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+