Deputat tashabbusi: "Jamatak" MFYda yangi transformator o‘rnatildi

15.04.2021, 10:08

Deputat tashabbusi:

Denov tumanidagi "Jamatak" mahallasida tez-tez elektr energiyasida uzilishlar ro‘y berardi. Bundan aziyat chekkan mahalla ahli ushbu muammo yuzasidan O’zLiDeP Denov tuman Kengashi deputati A. Xolmatovga murojaat qilishdi.

Deputat darhol mahalla hududiga borib, vaziyatni o‘rgandi. Chunki muammoning sababini bilmay turib, uni bartaraf etish mushkul-da.

O’rganishlar shuni ko‘rsatdiki, mahalla hududiga o‘rnatilgan 250 Kv.lik transformatorning imkoniyati yetmas ekan. Deputat tezda tegishli tashkilotlarga so‘rovlar chiqardi va bu ishni oxiriga yetish uchun imkon axtara boshladi.

Nihoyat, ko‘p urinishlardan so‘ng, deputatning  sa’y-harakati bilan 250 Kv. ko‘p yillar davomida kuchsiz bo‘lib ishlagan transformator o‘rniga Energetika vazirligi tomonidan yangi zamonaviy 400 Kv. li yangi transformator o‘rnatildi. Hudud aholisi hamda  xonadonlar soni ko‘payib, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ortgani bois uzilishlar bo‘lgan.  Endilikda mahalla ahli bundan mamnun.

Agar har bir xalq vakili shu tartibda fidoyilik bilan ishlasa, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Shu bilan birga, odamlar ham o‘zlari saylagan deputatdan rozi bo‘lishadi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+