Yangibozorlik yoshlarga chorvachilik sirlari o‘rgatildi

15.04.2021, 10:27

Yangibozorlik yoshlarga chorvachilik sirlari o‘rgatildi

O’zLiDeP Yangibozor tuman kengashi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida yoshlar uchun seminar tashkil etdi.  

Tuman  veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti mutaxassislari tomonidan  chorvachilik bilan shug‘illanish istagidagi, maxsus o‘quv-kurslarini tamomlagan yoshlarga naslli zoddor qaramollarni parvarishlash, ularni ko‘paytirish, natijada sifatli go‘sht va sut mahsulotlarini tayyorlashda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida ma’lumotlar berildi.

Bugungi kunda tumanda 49 ta chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklar bor. Ularda 2 500 boshdan ortiq naslli qoramollar parvarishlanmoqda. “Boshqirshix rais” va “Elomon” kabi xo‘jaliklarda yaxshi tajriba yaratilgan bo‘lib, yildan-yilga chorva soni ko‘payib bormoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida tumanga xorijdan  165 bosh naslli mollar olib kelindi. Hozirda mazkur chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida 234 bosh qoramollar parvarishlanyapti. 

-Bugungi tadbir biz yoshlarga chorvachilik sohasida juda ko‘p bilimlar olish imkoniyatini yaratdi. O’zim ham naslli qoramollarni parvarishlashni yo‘lga qo‘yish uchun bankdan 33 million so‘m kredit oldim. Bu yerda olgan bilimlarim orqali chorvachilik faoliyatini rivojlantirish niyatidaman, - deydi Kamron Egamberganov.  

Tadbir yakunida tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari partiyaning tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Gulbahor Xudayberganova,

Yangibozor tuman Kengashidagi

 O'zLiDeP deputatlik guruhi

ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    1154
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+