Yoshlarimiz bandligini ta’minlashda tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi

15.04.2021, 10:29

Yoshlarimiz bandligini ta’minlashda tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi

Bugun tan olib aytish kerak, ishsiz yoshlarni kasb va tadbirkorlikka o‘qitish, mablag‘ bilan ta’minlashda baribir kamchiliklar yetarlicha. Hatto ayrim hudud va sohalarda yoshlar masalalariga e’tibor hali ham talab darajasida emas. Bu masalalarda hamda ularga yechim yuzasidan joriy yilning 13 aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida atroflicha fikr yuritildi. Unda yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Bugun mamlakatimizda  yil nomidan kelib chiqib ham, yoshlar muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ish tashkil etilmoqda. Xususan, partiya viloyat Kengashi tomonidan bu masalaga alohida mas’uliyat bilan yondashilmoqda. Yoshlar qanotining tashabbuskor faollari bilan joylarda tashkil etilayotgan turli aksiyalar zamirida ham targ‘ibot bilan bir qatorda o‘z tengdoshlari bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadlari mujassam.

Yoshlar ittifoqi va Yoshlar agentligi viloyat bo‘limlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Shuningdek, yosh tadbirkor va fermerlar bilan muntazam ravishda biznes-ekskursiya, o‘quv va amaliy seminarlar, master-klass mashg‘ulotlari tashkil qilyapmiz.  Maqsadimiz, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish, intilishlari, qiziqishlari borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etishdan iborat.

Yig‘ilishda aytilgan yana bir fikr bizni juda quvontirdi. Ya’ni, 1 maydan boshlab yoshlarni ishga qabul qilgan korxona va kompaniyalarga ushbu xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Bu degani tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi degani. Ularga ishsiz yoshlarimiz bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflarimiz ijobiy qo‘llab-quvvatlanishi dalilidir bu.

Yig‘ilishda bildirilgan tanqidiy-tahliliy fikrlardan xulosa qilgan holda kelgusida o‘z yo‘nalishimizda partiya Yoshlar qanoti faoliyatini yanada jonlantirib, yangi loyihalar taqdimotini ishlab chiqamiz, mazkur masalalarni bartaraf etishga qaratilgan aksiyalar o‘tkazamiz.

Elyorbek NIYAZOV,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisining

yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+