Deputat mahallada: “Temir daftar”dan 30 ta oilani chiqarishda ko‘maklashildi

16.04.2021, 15:02

Deputat mahallada: “Temir daftar”dan 30 ta oilani chiqarishda ko‘maklashildi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari "Deputat mahallada - muamolar yechimi sari" loyihasi doirasida joylarda bir qator tadbirlar, muloqotlar, sayyor qabullar tashkil qilmoqda.

Faol deputatlardan biri – Sherzod Bo‘stonov va O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti xodimlari bilan birgalikda shahardagi “Bunyodkor” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Bugungi kunda mazkur mahallada  5978  nafar aholi istiqomat qiladi. “Temir daftar”ga kiritilgan 33 ta oilaning 30 tasi mazkur daftardan chiqarilishida deputatlarning o‘rni borligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Nogiron va mehnatga layoqatsiz fuqarolar istiqomat qiluvchi 3 ta oila ham doimiy e’tiborda. Misol uchun,  Yangi Guliston ko‘chasida istiqomat qiluvchi Tuyg‘unoy Qosimovaga ikki nafar nogiron farzandlariga saxovat yordami tashkil qilindi.

Mahallada  “Ayollar daftari”ga 178 nafar ayollar kiritilgan. Sayyor qabul davomida ularni ish bilan ta’minlashda tomorqachilikni, chorvachilikni, parrandachilikni rivojlantirish juda qo‘l kelishini hisobga olgan holda, 7 nafar oilaga 25 donadan bepul tovuq berilgan bo‘lsa, deyarli barcha tomorqasi mavjud oilalarga urug‘lik, ko‘chat va boshqa masalalarda homiylar yordami tashkillashtirish muhokama qilindi. Kasb o‘rganish maqsadida 3 oylik kursga yuborilgan 4 nafar ayolga o‘z ishlarini boshlash uchun kredit mablag‘i olishda yordam ko‘rsatish ham bevosita deputat nazoratiga olindi.

“Yoshlar daftari”ga 87 nafar yoshlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan o‘ndan ortiq yoshlar 2021 yilda “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha “Bunyodkor” MFY binosi qurilishga jalb etildi.

Mazkur dastur doirasida tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan 255,0 mln so‘mga 2 ta (49 ta xonadon) ko‘p xonadonli uy-joylarni qurish xamda tadbirkorlar, axoli va xomiylarning 175,0 mln so‘m mablag‘lari xisobidan 47 ta yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Dastur doirasida 8 km yo‘lni ta’mirlash (asfalt beton qoplamasi) uchun 4214,0 mln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi, shundan 4,6 km uchun 2400,0 mln so‘m respublika budjetidan, 3,1 km uchun 1814,0 mln so‘m maxalliy budjet mablag‘laridan ajratiladi. Mazkur qurilish - bunyodkorlik ishlariga “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha ishsiz mahalla yoshlarini jalb etish, ularga mehnat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratib berish ham doimiy ravishda deputatlar va jamoatchilik nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

Akrom ISOMOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+