Baliqchilik rivoji – elektoratimiz manfaatlariga xizmat qiladi

02.02.2018, 19:11

Baliqchilik rivoji – elektoratimiz manfaatlariga xizmat qiladi

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi tomonidan “Baliqchilik yetti xazinaning biri yoxud hovuz biznesi” mavzusida tumandagi “Xo‘ja T” baliqchilik fermer xo‘jaligida tadbir tashkil etildi.  

– Mamlakatimizda baliqchilik sanoatini rivojlantirish, xususan, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llardan oqilona foydalanish, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Xo‘ja T” baliqchilik fermer xo‘jaligi raisi Musavvar Tosheva. – Shu bois ham 2012 yilda bankdan 30 mln. so‘m kredit olib, 2 gektar maydonda 5 ta hovuz tashkil etdik. 10 mln. so‘m kredit mablag‘iga esa baliq chavoqlari va yem sotib oldik. Hozirda fermer xo‘jaligimizda sazan, oq amur, do‘ngpeshona kabi baliq turlari yetishtirib  kelyapmiz. Joriy yilda ushbu baliq turlari yoniga yana ikki xil – “Xitoy qoya” hamda “Afrika laqqasi” ham qo‘shildi. 2017 yilda mazkur tarmoqdan 40 mln. so‘m daromad olgan bo‘lsak, joriy yilda bu raqamni 2 baravarga oshirmoqchimiz.

Tadbirda fermer xo‘jaligining baliq chavoqlarini ko‘paytirish, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llardan oqilona foydalanish, baliq yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish tajribasi haqida fikr yuritildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    4046
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+