Issiqxona va tomorqa yerlaridan qo‘shimcha daromad olishga ko‘maklashish partiyamizning doimiy e’tiborida

05.02.2018, 09:37

Issiqxona va tomorqa yerlaridan qo‘shimcha daromad olishga ko‘maklashish partiyamizning doimiy e’tiborida

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan “Issiqxona va tomorqa yerlaridan maqsadli foydalanish” mavzuida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda so‘z olganlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilayotganligini ta’kidlab o‘tidilar.

- Davlatimiz tomonidan tadbirkor va fermerlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda “Qishloqqurilishbank”ning tumanimizdagi filialidan 2 mln. 900 ming so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘z tomorqamda issiqona tashkil qildim, - deydi “Qanli” OFY fuqarosi  Alisher Xojabayev. - Hozirgi kunda issiqxonamizda  turli xil sabzavot mahsulotlarni yetishtiryapmiz. Issiqxonada yetishtirgan mahsulotlarimiz nafaqat oilamiz balki, tumanimiz aholisining ham ehtiyojlari uchun xizmat qilayotganidan hursandman. Kelajakda issiqxonani yanada kengaytirib, mahsulotlar sonini oshirish rejasini ishlab chiqyapmiz.

Uchrashuv davomida partiya xodimlari tomonidan aholining o‘z tomorqasidan unumli foydalanishi orqali bozorlarimizni arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlash orqali xalqimiz turmush faravonligini oshirayotgan fuqarolarimizning qo‘shimcha daromad olishlariga ko‘maklashish partiyamizning doimiy e’tiborida ekanligi aytib o‘tildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1763
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+