O’zLiDeP tinchlik tarafdori

17.05.2021, 14:52

O’zLiDeP tinchlik tarafdori

O’zLiDeP, uning tarafdorlari va faollari Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskinlashuvidan xavotirda. Partiyamiz Falastin-Isroil  tomonlarini zo‘ravonlik harakatlariga chek qo‘yishga, vaziyatni yanada keskinlashtirishdan saqlanishga va qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.

O’zLiDeP Quddusdagi muqaddas joylarga hurmat ko‘rsatilishini ta’minlagan holda, nizoni faqat siyosiy-diplomatik vositalar bilan tartibga solish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish lozim deb hisoblaydi. Umuman, Falastin-Isroil muammosini xalqaro me’yorlarga muvofiq,  BMT Xavfsizlik kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va  “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal qilish  lozim.

O’zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    434
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+