O‘zLiDeP vakillari YeXHT missiyasi ekspertlari bilan uchrashdi

26.05.2021, 18:11

O‘zLiDeP vakillari YeXHT missiyasi ekspertlari bilan uchrashdi

Shu kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari O’zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda 2021 yil oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini hamda mazkur muhim siyosiy voqelik arafasidagi shart-sharoit, vaziyatni o‘rganishdan iborat.

Tashrif doirasida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida partiya rahbariyatining Missiya ekspertlari – Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylovlar bo‘yicha katta maslahatchisi Aleksey Gromov va Byuroning saylovlar bo‘yicha maslahatchisi Martina Barker-Siganikova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ekspertlarga O‘zLiDePning bugungi kundagi faoliyati, Saylovoldi dasturining amalga oshirilishi hamda elektorat bilan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Prezident sayloviga partiya tomonidan olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot do‘stona va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.

 O‘zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    339
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+