Chet davlatlar bilan do‘stona aloqalarni izchil kengaytirish yo‘lidan boryapmiz

11.06.2021, 10:33

Chet davlatlar bilan do‘stona aloqalarni izchil kengaytirish yo‘lidan boryapmiz

Keyingi yillarda mamlakatimizda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli ishlar, milliy manfaatlarimizga javob beradigan ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat yo‘li izchillik bilan davom ettirilmoqda. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalari, uzoq muddatli va ko‘p qirrali sheriklik tobora kuchayyapti.

Xususan, Yaqin Sharq mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat berilyapti. Jumladan, Qatar bilan O’zbekiston o‘rtasidagi  hamkorlik sur’ati keyingi yillarda jadallashib boryapti. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Ishbilarmonlik va turizm sohalaridagi almashinuvlarni rag‘batlantirish maqsadida Qatar fuqarolari O’zbekistonda bo‘lishi uchun viza tartibi soddalashtirildi.

Kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilib, muloqot chog‘ida ana shu ijobiy o‘zgarishlarni ham alohida qayd etdi.

Suhbatda davlatimiz rahbari birinchi navbatda savdo, investitsiyaviy, innovatsiyaviy, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek, kecha imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq – transport sohasida amaliy sheriklikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi.

Ta’lim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Muxtasar aytganda, chet davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qanchalik kengaysa,  shunchalik yaxshi. Tarixdan ma’lumki, hech bir davlat yakka o‘zi, tashqi dunyodan uzilgan holda taraqqiy etolmaydi. Bunday davlat qoloqlikka, zaiflikka mahkum. Xorij bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan o‘lkalar esa, aksincha, gullab-yashnaydi.  Biz  chet davlatlar bilan do‘stona aloqalarni kengaytirish, turli sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish yo‘lidan boryapmiz.

Hazratqul XO’JAMQULOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

Teglar
Kun mavzusi
  • Ko'rildi
    50
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+