E’tiborsizlik o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin

16.07.2021, 09:15

E’tiborsizlik o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin

Sog‘lik hammamiz uchun eng katta boylik hisoblanadi. Inson faqat sog‘ bo‘lgandagina baxt ta’mini to‘liq tatishi mumkin. Shu bois, har birimiz o‘z sog‘lig‘imizni asrashimiz, atrofdagilar salomatligiga befarq bo‘lmasligimiz kerak.

Chunki keyingi paytda ko‘cha-kuyda, ijtimoiy tarmoqlarda vaksinatsiya jarayoni bilan bog‘liq turli xabarlar keng urchidi. Bu xabarlar odamlarni vahimaga solib, aholida turli qo‘rquv va vahima uyg‘otmoqda. Natijada fuqarolarimiz bu kabi shov-shuvlarga ishonib, vaksina olishdan voz kechyapti.

Boz ustiga, karantin qoidalari va cheklovlarini qo‘pol ravishda buzyapti. Bu esa koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishi va epidemiologik vaziyat yanada og‘irlashishiga olib kelmoqda. Eng yomoni, kasallikning yangi shtammlari tez yuqyapti.

Aksariyat hamyurtlarimiz o‘z xohishiga ko‘ra ommaviy ravishda vaksina olyapti. Hozirda mamlakatimizda 1 million 634 ming odam emlangan va bu jarayon izchil davom etmoqda. Bugungi kunda zaxirada 2 million 128 ming dona doza bor. Joriy yilning 21-22 iyul kunlari 2 million va shu oyning oxirida yana shuncha vaksina olib kelinadi.

Shuningdek, avgust oyida ham 2 million dona vaksina olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Bu davlatimizning barcha fuqarolarimiz sog‘lig‘i haqida qanchalik qayg‘urayotganining amaldagi ifodasidir. Bunday paytda biz mazkur g‘amxo‘rlikni ongli ravishda anglashimiz juda muhimdir.

Kasallik ortgani sayin odamlar vaksinaning foydasini tushunib yetmoqda. Bu ofatga hamma birdek ommaviy emlansagina uni yengib o‘tish mumkinligini anglab yetyapti. Zero, birgina e’tiborsizlik, loqaydlik, o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini xavf ostiga qo‘yishi, kasallikni yanada keng tarqalib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan shu kabi salbiy holatlarni oldini olish va vaksinatsiya jarayonlarini tezkor, to‘g‘ri tashkil etishning yagona yo‘llaridan biri – bu joylardagi emlash punktlarining ish faoliyatini mutlaqo qayta ko‘rib chiqishdir.

  Aktam HAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Spikeri o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+