Vaksinatsiya — koronavirus infeksiyasidan ishonchli himoya

16.07.2021, 09:18

Vaksinatsiya — koronavirus infeksiyasidan ishonchli himoya

Inson salomatligi har nedanda ustun turadi. Ayniqsa, so‘ngi vaqtlarda butun dunyo ahlini o‘yga solib qo‘ygan COVID-19 infeksiyasi o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun yanada xushyor bo‘lib, karantin qoidalarga amal qilishni talab etmoqda. Oradan bir yildan oshiq vaqt o‘tsa-da vaziyat hamon keskinlashib bormoqda. 2021 yilning 13 iyul holatiga dunyoning 220 davlatida jami 188,0 mln. nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 4,0 mln. nafari vafot etgan, 78,5 ming nafar bemorlar esa og‘ir ahvolda qolmoqda. O’zbekistonda joriy yilning 13 iyul holatiga kasallanganlar soni 116 918 nafarni tashkil etib, ulardan 112 018 nafari sog‘ayib chiqqan, 778 nafari vafot etgan. Bu raqamlar faqat statistika uchungina bo‘lib qolmay, vaziyatga jiddiy etibor qaratishimiz lozimligini ko‘rsatmoqda.

Avvalo, hozirgi vaziyatda infeksiyaga qarshi emlash tadbirlarida faol qatnashish, mutaxassislar tavsiyasiga amal qilish yaxshi samara berayotanini aytib o‘tish lozim. COVID-19 ga qarshi vaksina olish faqatgina shaxsiy emas, balki jamoaviy masala hamdir. Soha olimlarining fikricha, emlash har qanday epidemiyaga olib keluvchi kasalliklarning eng samarali profilaktikasidir.

Bugungi kunga qadar respublikamizda jami 4 743,8 ming doza vaksinalar emlash tadbirlariga yo‘naltirilgan, ulardan ZF-UZ-VAC 2001 – 81 foiz, AstraZeneca – 14 foiz va Sputnik V – 5 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, emlash tadbirlarini tizimli tashkil etish maqsadida jami 2 680,3 ming doza vaksina zaxirasi shakllantirilgan. Joylarda jami 3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi brigadalar tashkil etilgan. Emlash jarayonida qatnashadigan 4 356 nafar shifokor hamda 11 539 nafar o‘rta tibbiyot xodimining tayyorgarligi oshirilgan. Aholini koronavirusga qarshi profilaktik emlash jarayonining sifatli olib borilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilib borish bo‘yicha ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Afsuski, shuncha say-harakatga qaramay, vaksinaga ishonchsizlik bildirayotgan, yon-atrofdagilarni ham emlash tadbirlaridan uzoqlashtirayotganlar oramizda ko‘plab topilmoqda. Axir yuqorida keltirilgan kasallanganlar va qurbonlar statistikasi, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa?! Har birimizning salomatligimiz faqatgina o‘zimiz uchun emas, atrofimizdagi boshqa insonlar, oila azolarimiz, hamkasblarimiz, ko‘cha kuydagi odamlar uchun ham muhim ekanligini unutmasligimiz lozim. Vaksina olgan shaxs nafaqat huquqli insonga, balki boshqalarga xavf tug‘dirmaslik uchun ular oldida burchli, mas’uliyatli va majburiyatli insonga ham aylanishini har birimiz yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Vaksinatsiya — koronavirus infeksiyasidan ishonchli himoya

Gulshana XUDOYOROVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • Ko'rildi
    712
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+