Gulistonlik yoshlar ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etadi

30.07.2021, 16:37

Gulistonlik yoshlar ham siyosiy jarayonda faol ishtirok etadi

Sirdaryo viloyati “IT RARK” binosida O`zLiDeP Sirdaryo viloyati va Guliston shahar Kengashi tomonidan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, o‘z biznesini tashkil etish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “IT - CENTER” Guliston shahar filiali xodimlari, deputatlar, Yoshlar ishlari agentligi Guliston shahar bo‘limi, Guliston davlat universiteti va viloyat yuridik texnikumi talabalari, “Yoshlar parlamenti” a’zolari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi kunda mazkur sohani jadallik bilan rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning safini yanada kengaytirish va rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi shahar agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar misolida tushuntirib o‘tildi.

Yoshlar parlamenti a’zosi Maqsudbek Sirojiddinov o‘z tengdoshlariga hozirgi kunda O’zbekistonda kechayotgan siyosiy jarayon - Prezidentlik saylovi to‘g‘risida hamda partiyamizning dasturiy-maqsad va vazifalari borasida ishtirokchilarga ba’tafsil ma’lumotlar berdi hamda barcha ishtirokchilarni ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Tadbirning ikkinchi qismida “IT - CENTER” Guliston shahar filiali menedjeri Temur Abduxalilov boshchiligida ishtirokchilarga “IT - CENTER” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi rejalar tanishtirib o‘tildi.  

Husan JABBOROV,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    545
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+