Izboskanlik yoshlar uchun master-klass tashkil qilindi

03.08.2021, 15:47

Izboskanlik yoshlar uchun master-klass tashkil qilindi

O’zLiDeP Izboskan tuman Kengashi Yoshlar qanoti guruhi tashabbusi bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”  shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda targ‘ibotchilar guruhi tomonidan tumanning bir guruh iqtidorli, salohiyatli, ijtimoiy-siyosiy maydonda o‘z o‘rinini topishga harakat qilayotgan tashabbuskor yigit-qizlar uchun master-klass o‘tkazildi.

-Tumandagi kasb-hunar kollejini tamomladim, - deydi partiya Yoshlar qanoti guruhi a’zosi D.Sodiqov. – Xususiy tadbirkorligimni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Shu bilan birga siyosiy maydon yangiliklariga juda qiziqaman. Deputatlar faoliyatini muntazam kuzatib boraman. “Kelajak deputatlari” loyihasining g‘olibi bo‘lganman. Kelgusida ham ayni yo‘nalishda o‘zimning ilg‘or g‘oyalarim asosidagi amaliy ishlarim bilan tumanimiz, yurtimiz taraqqiyotiga hissamni qo‘shish niyatidaman. Bugungi master-klass mashg‘uloti esa bu boradagi ko‘plab savollarimga javob topishimga xizmat qildi.

Darhaqiqat, ayni kundagi saylovoldi targ‘ibot tadbirlarida mana shunday tashabbuskor yoshlarning o‘rni va ahamiyati katta. Ularning tengdoshlari orasida olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-ijtimoiy tadbirlari O’zLiDeP safdoshlari ko‘payishiga zamin bo‘lmoqda.

Zuhraxon HAYDAROVA,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    323
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+