Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

05.08.2021, 17:04

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

OʼzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti”ning yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti o‘tkazildi.

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida yosh tadbirkorlar va ularning mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotidagi o‘rni, sohadagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, yosh tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida qaysi soha va tarmoqni olmaylik, yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik asosiy o‘ringa ko‘tarilib, ularga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, so‘nggi 4 yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘payib, ular 500 mingdan oshgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, hududlarda tashkil etilgan 186 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi 3 mingta loyiha doirasida yoshlarimiz uchun 50 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi xaqida so‘z yuritildi.

Muhokamalar jarayonida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid ishlar samaradorligi, yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning vakillari o‘zlarining fikr-mulohazalari, yosh partiya a’zolari va tadbirkorlar konseptual hamda dolzarb bo‘lgan takliflarini bildirishdi.

Shundan kelib chiqib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini tengdoshlari o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida qator aniq takliflar bildirib o‘tildi.

Xususan, yoshlarni biznesga o‘qitish, zamonaviy startap va tadbirkorlik loyihalarni amalga oshirish, yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida yoshlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish, yoshlarning startap g‘oyalarini saralab olish barobarida eng yaxshi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, “Loyihalar fabrika”larida ilgari surilayotgan yangi g‘oyalar asosida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi tizim yaratish ishlarini jadallashtirish kabi bir qator masalalar kelishib olindi.

Ochiq muloqotda yoshlar tomonidan qator takliflar, fikr-muloahazalar ham bildirildi.

  • Ko'rildi
    307
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Арзеновна 2021-08-06 11:17:11

куни кеча утказилган “Yoshlar bilan” лойиҳасининг навбатдаги сонида замон билан хамнафас булган еш тардбиркорлар тадбиркорлик сохасига кизикувчанг ёшларимизнинг фикрлари ва истаклари мукохама килинди, ва уларга шу соҳадаги мавжуд муаммолар ҳамда уларнинг ечимларини уз вактида урганилиб маслахатлар берилди.


Fikringizni qoldiring

+