O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” guruhi faollari ko‘magida jizzaxlik 10 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

16.08.2021, 17:11

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” guruhi faollari ko‘magida jizzaxlik 10 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Jizzax shahridagi “Ishga marhamat Monomarkazi”da “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” loyihasi doirasidagi navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda viloyatimizda o‘z faoliyatlari davomida katta yutuq va muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan yosh tadbirkorlar, partiya faollari, xalq deputatlari shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Jonli muloqot, bahs munozaralarga boy tadbir davomida “Yoshlar daftari”da turuvchi “Ishga marhamat Monomarkazi”da kasb-hunarga o‘qitilayotgan yoshlar uchun Jizzax shahridagi “Samandar shirinliklari” oilaviy korxonasi mas’ul hodimi Ulug‘bek Bahromov tomonidan qandolat mahsulotlarni tayyorlanishi, ishlab chiqarilishi hamda ichki bozorlarga chiqarish, xar bir yoshga o‘z tadbirkorligini boshlashlari uchun biznes rejalar bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir natijasiga ko‘ra “Ishga marhamat Monomarkazida o‘quv kurslarini tamomlagan 10 nafar yoshlar “Samandar shirinliklari” oilaviy korxonasida ish boshlash imkoniyatini qo‘lga kiritishdi

Xolbek ASATOV

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    325
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+