Sherobodlik payvandchi ayol xonadonida

17.08.2021, 16:34

Sherobodlik payvandchi ayol xonadonida

O’zLiDeP Sherobod tuman Kengashi xodimlari tumandagi “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida istiqomat qilayotgan tadbirkor ayol (payvandchi) Nasiba Sharipovaning xonadonida bo‘lib, tadbirkorning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Nasiba opa  bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi.

Bugungi kunda tadbirkor ayol xonadonida turli xil andozadagi temir darvozalar ishlab chiqarmoqda. Shu yili 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan fidoyi ayollarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida davlatimiz rahbarining farmonni imzolangandi. Mukofotlanganlar orasida sherobodlik  Nasiba Sharipovaning ham borligi butun oila a’zolariyu mahalla-ko‘yni quvontirdi.  Sherobod tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, payvandchi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi..

Nasiba opa hozir ham tinib-tinchimaydi. Shu ishning ortidan mehnat qilib, ro‘zg‘orining kamini butlayapti. Ayrimlarga o‘xshab, davlatdan yordam umid qilib o‘tirgani yo‘q. U o‘z kuchi va mehnatiga tayanib, o‘z hayotini farovonlashtirishga harakat qilmoqda. Zero, uning bu harakatlari kun kelib, hali ko‘p yaxshi natijalarni yetaklab kelishi aniq.

  • Ko'rildi
    372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+