O’zLiDeP nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash jarayoni qizg‘in boshlab yuborildi

17.08.2021, 16:42

O’zLiDeP nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash jarayoni qizg‘in boshlab yuborildi

Saylov kampaniyasida eng muhim jarayon siyosiy partiyaning o‘z nomzodni ro‘yxatga olinishi uchun saylovchilarni imzolarini to‘plash va ularni tekshirish jarayoni hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Nizomi asosida tartibga solinadi.

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 14 apreldagi 1067-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab O’zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizini imzosini to‘plashi kerak. Shundan kelib chiqib, Samarqand viloyatida umumiy saylovchilar soni 2 376 413 nafarni tashkil etib, kamida 23 764 nafar saylovchining nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolari yig‘ilishi lozim.

Ayni paytda Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida bu jarayon qizg‘in boshlab yuborildi.

  Nasiba Mo‘minova 

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
  • Ko'rildi
    269
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+