Imzo to‘plash jarayoni boshlandi

17.08.2021, 16:45

Imzo to‘plash jarayoni boshlandi

Bugun viloyat saylovoldi shtabi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Saylov kampaniyasida eng muhim jarayon siyosiy partiyaning o‘z nomzodni ro‘yxatga olinishi uchun saylovchilarni imzolarini to‘plash hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash jarayoni va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quvdan so‘ng viloyat saylovoldi ishchi guruhi oldida vazifalar qo‘yildi.

Asosan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash borasida saylovchilar imzosini to‘plash ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilish, imzo varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish,  jamlash va ularni hududlar kesimida ajratib chiqish masalalariga urg‘u berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatiladigan bo‘lajak nomzodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imzolash jarayonini O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi xodimlarining o‘zlari boshlab berishdi.

Bugun ular saylovchi sifatida O`zLiDeP tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z imzolarini qo‘yishdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+