Yangiariqda partiyaning navbatdagi ommaviy tadbiri tashkil etildi

17.08.2021, 16:50

Yangiariqda partiyaning navbatdagi ommaviy tadbiri tashkil etildi

Shu ezgu g‘oya ostida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi  amfiteatrida O'zLiDeP tomonidan yangi formatdagi ommaviy tadbiri start oldi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlarda partiya faollari, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar faol ishtirok etdi.

Dastavval tumandagi istirohat bog‘ida tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirni O’zLiDeP Xorazm viloyat  Kengashi raisi Islom Fayzullayev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Ruzmetovlar kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Partiya yetakchisi istiqlol yillarida, ayniqsa so‘nggi besh yilda xalqimiz hayoti va yurt taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Tan olish kerak, o‘tgan vaqt mobaynida xalqimizning turmush sharoiti, dunyoqarashi o‘zgardi. Eng asosiysi, xalqimiz, odamlarimiz mamlakatda ro‘y berayotgan islohotlardan rozilik hissini tuymoqda va o‘zlari ham bu jarayonlarda faol  ishtirok etmoqda.

-Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib koldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Go‘yo vatanimiz ravnaqi xalkimiz farovonligi yo‘lida kilinayotgan mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz. Aslida barcha islohotlar mufaqqiyati zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam.

O’zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-siyosiy ijtimoiy-ma’naviy  ilmiy-ma’rifiy iqlim paydo bo‘ldi. Mulkka bo‘lgan munosabatga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bugun har birimiz angladikki, mamlakat taraqqiyotining buguni, ertasi va kelajagi avvalo xususiy mezonlariga bog‘liq bo‘lib bormoqda, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Ruzmetov.

Bugungi kunda partiya inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilish,  jamiyatimizning barcha faol qatlamlarini “Yangi O’zbekiston: birgalikda yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirgan holda yurtimizdagi har bir inson farovonligini ta’minlash, Uchinchi Renesans poydevorini qurish borasidagi ulkan ishlarga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida qo‘ygan.

Uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlarda partiya tashkil etilganining ilk kunlarida u bilan birga bo‘lgan faollar, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar faol ishtirok etmoqda.

Ular o‘z sohalarida qilingan mislsiz yangilanish va o‘zgarishlarni oddiy, sodda tilda eng asosiysi samimiy e’tirof etmoqdalar.

Mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan ochiq osmon ostida o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar kuy qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

 Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+